«Brayton» hujumchisi Diego Gomes APLning 7-turi doirasida «Kristal Pelas»ga qarshi uchrashuvda 51 metr masofadan gol urdi. Bu 2017-yildan beri APLda eng uzoq masofadan kiritilgan gol bo‘ldi.
Bungacha 2017-yil noyabr oyida Ueyn Runi «Everton» safida «Vest Hem» darvozasiga 58 metr masofadan to‘p kiritgan edi. Gomesning goli «Brayton»ning ushbu uchrashuvdagi ikkinchi goli bo‘ldi. U 7-daqiqada kiritildi.
Umuman olganda, «Brayton» «burgutlar» darvozasiga javobsiz beshta gol urib, 5:0 hisobida g‘alaba qozondi. Shu tariqa, bu jamoaning ushbu mavsumdagi yirik hisobdagi ikkinchi g‘alabasi bo‘ldi.
Ma’lumot uchun, «Brayton» APLning keyingi turida «Liverpul»ga qarshi maydonga tushadi. Ayni paytda Fabian Hyurtseler shogirdlari turnir jadvalida 16 ochko bilan uchinchi o‘rinni egallab turibdi.