Live
5
O'zbek

Kerrik: «Bu o‘yin to‘g‘ri yo‘nalishda tashlangan qadam bo‘ldi»

Futbol
18 oktabr, 17:47
«MYu» bosh murabbiyi «Lids» bilan durangdan so‘ng o‘z fikrlarini bildirdi.
Kerrik: «Bu o‘yin to‘g‘ri yo‘nalishda tashlangan qadam bo‘ldi»
Foto: Getty Images
18.10.2026 FT Angliya Premer-ligasi Lids Lids 1 : 1 Manchester Yunayted Manchester Yunayted

«Manchester Yunayted» bosh murabbiyi Maykl Kerrik Angliya chempionati 7-turi doirasida «Lids»ga qarshi kechgan va 1:1 hisobida yakunlangan bahs haqida o‘z fikrlarini bildirdi.

«Bu, shubhasiz, to‘g‘ri yo‘nalishda tashlangan qadam bo‘ldi. Agar jamoamizda qandaydir zaif jihatlar bo‘lsa, bugun ularning barchasi namoyon bo‘ldi. Ushbu o‘yinni ideal deb bo‘lmaydi. Bizda o‘ziga bo‘lgan ishonch juda yuqori darajada emasdi, ammo futbolchilar barini to‘g‘ri bajarishga harakat qilishdi.

Jamoada yangilanish hissi paydo bo‘ldi. Maydon markazidagi tayanch chizig‘imiz boshqacha ko‘rinish oldi va bu katta ustunlik berdi. Taktik jihatdan kichik o‘zgarishlar kiritdik, ammo keskin o‘zgarishlar qilmadik. Raqibning kuchli jihatlarini hisobga olib, o‘z o‘yinimizni moslashtirishimizga to‘g‘ri keldi»
, — dedi Kerrik Sky Sports nashriga bergan intervyusida.

«Manchester Yunayted»ning g‘alabasiz seriyasi ketma-ket 6 ta o‘yinga yetdi. Manchesterliklar keyingi bahsni 20 oktabr kuni Chempionlar ligasi doirasida safarda «Komo»ga qarshi o‘tkazadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Lids Lids
  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar