«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta «Nottingham Forest» ustidan qozonilgan g‘alaba haqida o‘z fikrlarini bildirdi. Angliya chempionatining 7-turidan o‘rin olgan bellashuv 1:0 hisobida yakunlandi.
«O‘tgan safar bu yerda g‘alaba qozona olmagan edik, ammo bugun maqsadimizga erishdik. So‘nggi soniyagacha kurash olib borishimizga to‘g‘ri keldi. Raqib yaxshi tayyorgarlikka ega jamoa bo‘lib, ularning himoyasini yorib o‘tish juda qiyin. Raqib xavfli bo‘lgani uchun tavakkal qilishimizga to‘g‘ri keldi.
Ruhiy bosimni yengib o‘tishimiz kerak edi. Diqqatimizni yo‘qotmadik, zaxiradan maydonga tushgan futbolchilar esa o‘yinning borishiga katta ta’sir ko‘rsatishdi», — deya Artetaning so‘zlarini keltiradi BBC nashri.
«Arsenal» 18 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda. Londonliklar peshqadam «Manchester City»dan 3 ochko ortda qolmoqda.
Arteta: «So‘nggi soniyagacha kurash olib borishga to‘g‘ri keldi»
Futbol
18 oktabr, 18:05
«Arsenal» bosh murabbiyi «Nottingham» ustidan qozonilgan qiyin g‘alabadan so‘ng fikrlarini bildirdi.
Foto: Getty Images
18.10.2026
FT
Angliya Premer-ligasi
Nottingem F
0
:
1
Arsenal