Londonning «Arsenal» klubi bosh murabbiyi Mikel Arteta jamoa hujumchisi Kay Haverts bir mavsumda 25–30 ta gol urish imkoniyatiga ega ekanini ta’kidladi.
«Ha. Haverts yuqori saviyali hujumchi bo‘lish salohiyatiga ega. Aynan shu sababli u ushbu pozitsiyada o‘ynamoqda. «Arsenal» uni shuning uchun sotib olgan», — deya ispaniyalik mutaxassisning so‘zlarini insayder ijtimoiy tarmoqlarda keltirdi.
27 yoshli germaniyalik futbolchi ushbu mavsum Angliya Premyer-ligasida oltita bahsda maydonga tushib, ikkita gol urdi.
Ma’lumot uchun, Haverts 2023-yilda «Chelsi»dan «Arsenal»ga o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, Premyer-liganing dastlabki olti turidan keyin «Arsenal» 15 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.