Shvetsiyalik markaziy hujumchisi Viktor Gokeresh Londonning «Arsenal» klubini tark etishi mumkin. Bu yanvar oyidagi transfer oynasi vaqtida sodir bo‘lishi ehtimolga yaqin. Skandinaviyalik futbolchini ushbu mavsumdagi o‘yin amaliyotining kamligi qoniqtirmayapti.
Teamtalk jurnalistlari xabar berishicha, hujumchi faoliyatini davom ettirish variantlari orasida Madridning «Atletiko» klubi ham tilga olingan. Unga shuningdek, Angliya Premer-ligasi klublari tomonidan ham qiziqish bildirilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, Angliya chempionatining yangi mavsumida 28 yoshli hujumchi uchta uchrashuvni golsiz o‘tkazdi.
Ma’lumot uchun, Viktorning London klubi bilan tuzgan shartnomasi 2030-yilning iyun oyi oxirigacha mo‘ljallangan.
Transfermarkt portali uning aktual qiymatini 55 million yevroga baholamoqda.