Live
5
O'zbek

Arteta: «Bizni jiddiy sinov kutmoqda»

Futbol
16 oktabr, 11:14
Londonliklar ustozi APL navbatdagi turida «Nottinghem Forest»ga qarshi o‘yin oldidan fikrlari bilan o‘rtoqlashdi
Arteta: «Bizni jiddiy sinov kutmoqda»
Foto: Gettyimages
18.10.2026, 11:30 Angliya Premer-ligasi Nottingem F Nottingem F - : - Arsenal Arsenal

«Arsenal» bosh murabbiyi Mikel Arteta «Nottinghem Forest»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan Premer-liga o‘yini haqida fikr bildirdi.

«So‘nggi ikki o‘yinda o‘zimizni juda yaxshi ko‘rsatdik. Sifatli o‘yin ko‘rsatib, ajoyib natijalarga erishdik. Endi butun e’tiborimiz «Nottinghem Forest»ga qaratilgan. Ishonchim komilki, bu juda qiyin o‘yin bo‘ladi.

Biz gol urish va o‘tkazib yubormaslik uchun bor kuchimizni ishga solamiz. Bizni og‘ir sinov kutmoqda: raqib juda malakali murabbiylar shtabiga ega. Biz ular bilan avval ham to‘qnash kelganmiz — ular o‘z maydonida o‘ziga xos muhit va kuchli turtki yaratishga qodir. Biz bunga tayyormiz», - dedi Arteta matbuot anjumanida.

Ma’lumot uchun, «Nottinghem Forest» va «Arsenal» o‘rtasidagi bahs yakshanba, 18-oktyabr kuni bo‘lib o‘tishi rejalashtirilgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Nottingem F Nottingem F
  • Arsenal Arsenal
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar