Live
5
O'zbek

Simeone: «Ketma-ket 5 ta g‘alaba ham hamma narsani juda yaxshi bajarayotganingni anglatmaydi»

Futbol
16 oktabr, 10:50
    2
«Matraschilar» ustozi La Liga 9-turi arafasidagi bahs oldidan jamoaning holati haqida gapirdi.
Simeone: «Ketma-ket 5 ta g‘alaba ham hamma narsani juda yaxshi bajarayotganingni anglatmaydi»
Foto: Gettyimages
17.10.2026, 08:00 Ispaniya La Ligasi Espanyol Espanyol - : - Atletico Madrid Atletico Madrid

«Atletiko» bosh murabbiyi Diyego Simeone Ispaniya chempionati to‘qqizinchi turidan o‘rin olgan «Espanyol»ga qarshi o‘yin oldidan jamoaning hozirgi holati haqida fikr bildirdi.

«Doimo har tomonlama yaxshilanish uchun imkoniyatlar mavjud. Ketma-ket beshta g‘alaba qozonish hali ham hamma narsani juda yaxshi bajarayotganingni anglatmaydi. Har doim omad elementi mavjud. Bizda ham himoyada, ham hujumda ishlash, rivojlantirish uchun ko‘p narsa bor» - deya Simeonadan iqtibos keltiradi Marca.

Sakkiz turdan so‘ng «Atletiko» 19 ochko bilan Ispaniya chempionatida ikkinchi o‘rinni egallab turibdi. Madridliklar peshqadam «Barselona»dan besh ochkoga ortda qolmoqda. Keyingi turda madridliklar mehmonda «Espanyol»ga qarshi bahs olib boradi. O‘yin 17-oktyabr, shanba kuni bo‘lib o‘tadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Espanyol Espanyol
  • Atletico Madrid Atletico Madrid
  • Ispaniya La Ligasi Ispaniya La Ligasi
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

2 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar