Ispaniya chempionati 14-turida «Atletiko» mehmonda «Elche»dan ustun keldi. 5 ta gol urilgan bahsda «matraschilar» 3:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab 5-daqiqada Grimaldo penaltini aniq amalga oshirib, hisobni ochdi. Oradan atigi ikki daqiqa o‘tib, Li Kan In raqib darvozasini ishg‘ol qildi va «Atletiko»ning ustunligini ikkita golga yetkazdi.
«Elche» 26-daqiqada javob golini kiritishga muvaffaq bo‘ldi. Martim Netu o‘z imkoniyatidan unumli foydalanib, hisobni 1:2 ko‘rinishiga keltirdi.
41-daqiqada Alvares madridliklarning ustunligini yanada oshirdi. 48-daqiqada Buba Sangare gol muallifiga aylanib, hisobdagi farqni bitta golga qisqartirdi — 2:3.
Bu g‘alabadan so‘ng Simeone jamoasi ochkolari sonini 34 taga yetkazib, 2-o‘ringa ko‘tarildi. «Elche» esa 11 ochko bilan 19-pog‘onada.
La Liga. 14-tur
Elche – Atletiko 2:3
Gollar: Martim 26, Sangare 48 – Grimaldo 5 penalti, Li Kan In 7, Alvares 41.
Elche — Dituro, Revivo (Ponse, 85), Sangare, Redondo, Chust, Martim (Diangana, 62), Vilyar, Morsilo, Sepeda (Xuari, 76), Nino, Valera.
Atletiko — Oblak, Lorente, Pubill, Hansko, Grimaldo, Barrios (Kardoso, 70), Yulmann (Koke, 56), Simeone (Le Norman, 85), Li Kan In (Mendosa, 70), Baena (Devid, 56), Advares.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi