«Alaves» bosh murabbiyi Kike Sanches Flores La Liganing 14-turi doirasida «Real»ga qarshi bo‘lib o‘tadigan uchrashuv oldidan o‘z kutilmalari bilan o‘rtoqlashdi.
«Futbol taktik, jismoniy, hujum va himoya nuqtai nazaridan o‘zgardi. Ammo Mourinyo hamon o‘zi boshqarayotgan jamoalar bilan raqobatlasha olish qobiliyatiga ega. Men unga nisbatan alohida hurmat va mehr his qilaman.
Mourinyo — zamonaviy futboldagi ustuvor tendensiyalar, tizimlar va taktik sxemalardagi o‘zgarishlar, shuningdek, futbolning umumiy rivojlanishiga moslasha oladigan murabbiy.
Aynan shu xususiyat unga bugungi kundagi nufuz va maqomni bermoqda. Uning jamoalari hamon raqobatbardoshligini saqlab qolmoqda. Joze — zamon tanlamaydigan shaxs», — deya Sanches Floresning so‘zlarini keltirmoqda Mundo Deportivo nashri.
Ma’lumot uchun, «Real» va «Alaves» uchrashuvi 29-noyabrga o‘tar kechasi soat 01:00 da boshlanadi.