«Barselona» bosh murabbiyi Hans-Diter Flik mavsumning ushbu qismida futbolchilardan yanada ko‘proq kuch sarflashni so‘raganmi, degan savolga javob berdi.
«Barselona» bilan shartnoma imzolaganimda meni nimalar kutayotganini bilardim. Menimcha, futbolchilar “Barsa” safida to‘p tepish katta imtiyoz ekanini tushunadi. Bu har qanday futbolchining faoliyatidagi eng muhim bosqichlardan biri. Bu yerda bosim katta, ammo sovrinlarni qo‘lga kiritganingda aql bovar qilmas quvonchni his qilasan.
Biz so‘nggi ikki yil davomida chempionlik paradlarida boshdan kechirgan o‘sha lahzalarni yana bir bor his qilishni istaymiz. O‘shanda muxlislarimizga juda ko‘p quvonch ulashgandik», — deya Flikning so‘zlarini AS nashriga tayanib Gazeta.Ru keltirmoqda.
Eslatib o‘tamiz, «Barselona» 29 noyabr kuni La Liga 14-turi doirasida safarda «Deportivo»ga qarshi bahs olib boradi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi