«Liverpul» qishki transfer oynasi oldidan «Barselona» chap qanot himoyachisi Aleks Baldega qiziqishini kuchaytirmoqda. Mersisaydliklar 23 yoshli futbolchining agenti bilan ehtimoliy transfer shartlarini muhokama qilgan. Bu haqda Sport.es xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, «Liverpul» Ronald Arauxoning transferiga o‘xshash kelishuv variantini ko‘rib chiqmoqda. Unga ko‘ra, Balde mavsum oxirigacha ijara asosida ingliz klubiga o‘tadi va shartnomada futbolchini sotib olish huquqi ham ko‘zda tutiladi. Mersisaydliklar ispaniyalik himoyachining transferini 2027 yil yozida to‘liq rasmiylashtirishi mumkin.
«Liverpul» yaqin haftalarda, hatto qishki transfer oynasi 1 yanvar kuni rasman ochilishidan oldin ham «Barselona»ga taklif yuborishi mumkin.
Balde Kataloniya klubidagi mavqeyi o‘zgarganini anglab turibdi va Angliyaning top-klubiga o‘tish imkoniyatiga ochiq.