Live
3
O'zbek

«Liverpul» qishda Kamarani sotib olishga yaqin

Futbol
28 noyabr, 09:18
Muzokaralar davom etmoqda.
«Liverpul» qishda Kamarani sotib olishga yaqin
Фото: Getty Images

«Monako» yarim himoyachisi Lamin Kamara qishki transfer oynasida «Liverpul» futbolchisiga aylanishi mumkin. Bu haqda jurnalist Ben Jacobs xabar bermoqda.

Manba ma’lumotlariga ko‘ra, mersisaydliklar yanvar oyida senegallik 22 yoshli futbolchini o‘z safiga qo‘shib olishga harakat qilishi mumkin.

«Liverpul» rahbariyati yozda Kamarani «Chelsi»ga o‘tkazish amalga oshmaganidan juda mamnun bo‘lgan va endi ushbu vaziyatdan foydalanmoqchi.

Ta’kidlanishicha, «Chelsi» ayni paytda «Bornmut» yarim himoyachisi Aleks Skott transferiga e’tibor qaratmoqda. Shu sababli «qizillar»ning Kamarani sotib olish imkoniyatlari ancha yuqori baholanmoqda.

Bundan tashqari, «Monako»ning moliyaviy ahvoli ham klubni Kamarani sotishga undashi mumkin.

Bu mavsumda Kamara barcha turnirlar doirasida 15 ta uchrashuvda maydonga tushib, 2 ta gol va 1 ta golli uzatma muallifi bo‘ldi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Liverpul Liverpul
Bugungi yangiliklar