«Liverpul» sardori Virjil van Deyk kelasi yozda erkin agentga aylansa, faoliyatini A Seriyada davom ettirishga qarshi emas. Bu haqda jurnalist Matteo Moretto xabar bermoqda.
Manbaga ko‘ra, 35 yoshli futbolchi Italiyaga ko‘chib o‘tish variantiga ochiq. Van Deyk kelajagi borasidagi qarorini 2027 yil mart yoki aprel oylarida qabul qilishi kutilmoqda. Unga jiddiy qiziqish bildirayotgan klublardan biri — «Milan».
Ma’lumot uchun, niderlandiyalik himoyachining «Liverpul» bilan amaldagi shartnomasi 2027 yil yozida yakunlanadi. U ushbu mavsumda barcha musobaqalarda 17 ta bahsda maydonga tushib, samarali harakatlari bilan ajralib turmadi.