Live
3
O'zbek

«Milan» Kalimuendoga qiziqmoqda

Futbol
28 noyabr, 10:21
Transfermarkt portali mutaxassislari futbolchining transfer qiymatini 20 million yevro deb baholamoqda.
«Milan» Kalimuendoga qiziqmoqda
Фото: Getty Images

«Nottingem Forest» markaziy hujumchisi Arno Kalimuendo faoliyatini «Milan»da davom ettirishi mumkin. Bu haqda jurnalist Matteo Moretto xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, «rossonerilar» qishki transfer oynasida 24 yoshli fransiyalik futbolchini sotib olishga qiziqish bildirmoqda.

Ta’kidlanishicha, «Milan» sport bo‘limi rahbari Kalimuendoni «Ayntraxt»dagi faoliyati davridan beri yaxshi taniydi.

Arno bu mavsumda barcha turnirlar doirasida 5 ta uchrashuvda ishtirok etdi. Futbolchining «o‘rmonchilar» bilan amaldagi shartnomasi 2030-yilgacha mo‘ljallangan.

Transfermarkt portali mutaxassislari futbolchining transfer qiymatini 20 million yevro deb baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Milan Milan
Bugungi yangiliklar