Live
4
O'zbek

«Palmeiras» — Libertadores kubogi g‘olibi

Futbol
28 noyabr, 21:30
Braziliyaliklar finalda Argentinaning «Estudiantes» jamoasini mag‘lub etdi.
«Palmeiras» — Libertadores kubogi g‘olibi
Foto: SE Palmeiras
28.11.2026 FT Libertadores kubogi Palmeyras Palmeyras 1 : 0 Estudiantes Estudiantes

Janubiy Amerikaning klublar o‘rtasidagi eng nufuzli musobaqasi — Libertadores kubogining hal qiluvchi uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Finalda Braziliyaning «Palmeiras» klubi Argentinaning «Estudiantes» jamoasiga qarshi maydonga tushib, 1:0 hisobida g‘alaba qozondi. Urugvay poytaxti Montevideo shahridagi «Sentenario» stadionida kechgan bahs taqdirini yagona gol hal qildi.

Uchrashuvning 52-daqiqasida Ramon Sosa raqib darvozasini ishg‘ol qilib, Braziliya klubiga g‘alaba keltirdi.

Shu tariqa, «Palmeiras» 2021-yildan buyon ilk bor Libertadores kubogida zafar quchdi. Ushbu sovrin klub tarixidagi to‘rtinchisi bo‘ldi.

Yodga solib o‘tamiz, Braziliya klubi bungacha 1999, 2020 va 2021-yillarda ushbu musobaqa g‘olibiga aylangandi.

Libertadores kubogi. Final
Palmeiras — Estudiantes 1:0
Gol:
Ramon Sosa 52.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Palmeyras Palmeyras
  • Estudiantes Estudiantes
  • Libertadores kubogi Libertadores kubogi
Bugungi yangiliklar