Italiya chempionatining 13-turidan o‘rin olgan «Torino» va «Latsio» bahsi yakunlandi. Unda mehmonlar 2:1 hisobida g‘alaba qozondi. 42-daqiqada rimliklar himoyachisi Oliver Nilsen hisobni ochdi. Oradan ikki daqiqa o‘tib, daniyalik futbolchi Gustav Isaksen mehmonlarning ustunligini oshirdi. 62-daqiqada shotlandiyalik hujumchi Che Adams gol urib, «Torino»ning hisobdagi farqni qisqartirishiga erishdi.
Bu natijadan so‘ng «Latsio» Italiya chempionati turnir jadvalida peshqadamlikni saqlab qolmoqda. Rimliklar 13 ta uchrashuvdan so‘ng 35 ochko jamg‘arishdi. «Torino» esa 14 ochko bilan turnir jadvalining 13-pog‘onasida bormoqda.
A Seriya. 13-tur
Torino – Latsio 1:2
Gollar: Che Adams 62 – Nilsen 42, Isaksen 44.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi