Live
4
O'zbek

A Seriya. «Frozinone» «Parma»ni yirik hisobda mag‘lub etdi

Futbol
28 noyabr, 10:45
Tomas Bobchek het-trik qayd etib, jamoasining 3:0 hisobidagi g‘alabasini ta’minladi.
A Seriya. «Frozinone» «Parma»ni yirik hisobda mag‘lub etdi
Foto: Getty Images
28.11.2026 FT Italiya A seriyasi Frosinone Frosinone 3 : 0 Parma Parma

Italiya chempionatining 13-turida «Frozinone» o‘z maydonida «Parma»ni qabul qilib, 3:0 hisobida g‘alaba qozondi.

Birinchi bo‘limda hisob ochilmadi. Tanaffusdan keyin mezbonlar faollikni oshirdi. 55-daqiqada Tomas Bobchek hisobni ochdi, oradan olti daqiqa o‘tib esa dubl qayd etdi.

80-daqiqada polshalik hujumchi yana bir bor raqib darvozasini ishg‘ol qilib, xet-trikni rasmiylashtirdi.

A Seriya. 13-tur
Frozinone — Parma 3:0
Gollar: Bobchek 55, 61, 80.

Frozinone: Palmizani, Monterizi (Chittadini, 46), Brakaliya (Terzich, 79), Oyono, Kalvani, Kvernadze (Dzerbin, 74), Kalo (Chikella, 78), Mazini, Gedjemis, Shmid, Bobchek (Fini, 82).
Parma: Daffara, Del Prato, Troylo, Ndiaye, Fabbian (Britschgi, 59), Nikolussi Kavyilya (Bernabe, 60), Kremaski (Frigan, 71), Karboni (Almqvist, 59), Keyta, Elfege, Ture.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Frosinone Frosinone
  • Parma Parma
  • Italiya A seriyasi Italiya A seriyasi
Bugungi yangiliklar