«Chelsi» himoyachisi Malo Gusto yanvar oyida klubini o‘zgartirishi mumkin.
Transfer News xabariga ko‘ra, fransiyalik 23 yoshli futbolchi qishki transfer oynasida jamoani tark etishiga to‘sqinlik qilmaslik borasida «ko‘klar» rahbariyati bilan kelishib olgan.
Futbolchiga asosiy da’vogar sifatida «Manchester Yunayted» ko‘rsatilmoqda. Manchesterliklarning yangi bosh murabbiyi Maurisio Pochettino shaxsan ushbu transferdan manfaatdor.
Ma’lumot uchun, Gusto bu mavsumda barcha turnirlar doirasida 11 ta uchrashuvda qatnashib, bitta golli uzatmani amalga oshirdi.
Transfermarkt portali futbolchining bozor qiymatini 35 million yevroga baholamoqda.