«Chelsi» rahbariyatining ayrim yuqori lavozimli vakillari Xabi Alonso boshqaruvidagi jamoaning natijalaridan tobora ko‘proq xavotirga tushmoqda. Bu haqda indykaila News ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, klub ichida «Chelsi»ga ispaniyalik murabbiylarning «noto‘g‘risi» tayinlangani, jamoani «Komo» boshqaruvidagi Sesk Fabregas boshqarishi kerak edi, degan fikr bor. 39 yoshli mutaxassis London klubining unga qiziqishi va kelajakda bosh murabbiy etib tayinlash istagidan xabardor ekani aytilmoqda.
Ma’lumot uchun, Xabi Alonso «Chelsi»ni o‘tgan yozda qabul qilib olgan. Uning jamoasi APLning 12 turidan keyin 16 ochko bilan 8-o‘rinda bormoqda. Ispaniyalik mutaxassisning klub bilan shartnomasi 2030 yil 30 iyungacha mo‘ljallangan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi