«Chelsi» APL 12-turida «Nottinghem Forest»ga 2:3 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ushbu mag‘lubiyatdan keyin londonliklarning joriy mavsumdagi himoyaviy ko‘rsatkichlari yana e’tibor markaziga chiqdi.
The Touchline Sky Sports statistikalariga tayanib xabar berishicha, Xabi Alonso jamoasi chempionatda hozirgacha 23 ta gol o‘tkazib yuborgan. Bu ko‘rsatkich bo‘yicha «Chelsi» 19-o‘rinda bormoqda.
Bundan tashqari, londonliklar o‘z darvozasi tomon yo‘llangan aniq zarbalar (66) va raqiblarning yaqqol gol vaziyatlariga yo‘l qo‘yish (41) bo‘yicha ham APLning eng yomon ikki jamoasi qatoridan joy olgan. Raqib zarbasi bilan yakunlangan xatolar soni bo‘yicha esa «Chelsi» barcha klublardan ortda — 19 ta.
Ma’lumot uchun, «Chelsi» 12-turdan keyin 16 ochko bilan APL turnir jadvalida 8-o‘rinni egallab turibdi.