Bugun
36
O'zbek

Iraola: «Kerkes eng yuqori darajaga chiqa oladi»

Futbol
27 noyabr, 17:30
«Liverpul» bosh murabbiyi vengriyalik himoyachining hujumga qo‘shilish salohiyatini alohida ta’kidladi.
Iraola: «Kerkes eng yuqori darajaga chiqa oladi»
Foto: Getty Images
29.11.2026, 07:00 Angliya Premer-ligasi Everton Everton - : - Liverpul Liverpul

«Liverpul» bosh murabbiyi Andoni Iraola Milosh Kerkesning Chempionlar ligasi umumiy bosqichi 5-turida «Bryugge»ga qarshi o‘tkazgan o‘yini (3:0) haqida fikr bildirdi.

«Kerkes «Bryugge»ga qarshi ushbu mavsumdagi eng yaxshi o‘yinini namoyish etdi. U hujumdagi harakatlarini yanada kuchaytirishi mumkin. Bu borada eng yuqori darajaga chiqa oladi. Biz uning qanot bo‘ylab oldinga qo‘shilishlari va tezkor yugurishlaridan samarali foydalanishimiz, buni golli uzatmalarga aylantirishimiz kerak», — dedi Iraola.

Vengriyalik himoyachi 2025 yil yozida «Bornmut»dan «Liverpul»ga o‘tgandi. U ushbu mavsumda Angliya chempionatida 11 ta, Chempionlar ligasida esa 3 ta bahsda maydonga tushdi.

APLning navbatdagi turida «Liverpul» safarda «Everton»ga qarshi bahs olib boradi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Everton Everton
  • Liverpul Liverpul
  • Angliya Premer-ligasi Angliya Premer-ligasi
Bugungi yangiliklar