«Bavariya» darvozaboni Sven Ulrayx kelajagi borasida hali bir qarorga kelmagan. Uning myunxenliklar bilan shartnomasi ushbu mavsum yakunida tugaydi.
«Men 38 yoshdaman, Manuel Noyer esa 40 yoshda. Shu sababli bu savol o‘rinli. Yaqin vaqt ichida «Bavariya» bilan kelajakda vaziyat qanday rivojlanishi va klub nimani istashi haqida gaplashaman. Mavsumdan keyin Manuel bilan nima bo‘lishini uning nomidan ayta olmayman, ammo hozircha mening qarorim ko‘p jihatdan unga bog‘liq», — deya Ulrayxning so‘zlarini keltiradi BFW.
Darvozabondan Noyer jamoani tark etgan taqdirda ham faoliyatini davom ettirishi mumkinmi, deb so‘ralgan.
«O‘zimni yaxshi his qilsam, sog‘lom va jismoniy holatim yaxshi bo‘lsa, hammasi mumkin. Hozir aynan shunday. Biroq vaziyat tezda o‘zgarishi mumkinligini ham tushunaman. Men bugungi kun bilan yashayapman va ayni paytda har kuni maydonga chiqishdan zavq olyapman», — deya javob bergan futbolchi.
Ulrayx so‘nggi bor «Bavariya» safida rasmiy bahsda mart oyida maydonga tushgan. O‘shanda myunxenliklar «Bayer» bilan 1:1 hisobida durang o‘ynagan.