Bugun
36
O'zbek

«PSJ» va «Arsenal» Xulian Alvaresga qiziqishni davom ettirmoqda

Futbol
27 noyabr, 17:00
«Atletiko» argentinalik hujumchini qishki transfer oynasida qo‘yib yubormoqchi emas.
«PSJ» va «Arsenal» Xulian Alvaresga qiziqishni davom ettirmoqda
Foto: Getty Images

«Atletiko» hujumchisi Xulian Alvares boshqa top-klublar e’tiborida qolmoqda. 26 yoshli futbolchiga «PSJ» va «Arsenal» qiziqish bildirmoqda. Bu haqda Transfer News Live TEAMtalk’ga tayanib xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, parijliklar argentinalik hujumchi bo‘yicha yangi so‘rovlar yuborgan. London klubi ham futbolchi bilan bog‘liq vaziyatni kuzatishda davom etmoqda.

Biroq «Atletiko» Alvaresni qishki transfer oynasida sotmasligini allaqachon bildirgan. Futbolchining o‘zi ham yanvar oyida jamoani tark etishni rejalashtirmayapti.

Ma’lumot uchun, Transfermarkt portali Alvaresning bozor qiymatini 110 million yevroga baholamoqda. O‘tgan yozda hujumchiga asosiy da’vogar «Barselona» bo‘lgan, ammo Madrid klubi muzokaralardan bosh tortgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Atletico Madrid Atletico Madrid
Bugungi yangiliklar