Bugun
36
O'zbek

«PSJ» «Betis» vingeri uchun 60 million yevro to‘lashi mumkin

Futbol
27 noyabr, 14:30
Transfer amalga oshsa, «Barselona» kelishuvdan 12 million yevro ishlab oladi.
«PSJ» «Betis» vingeri uchun 60 million yevro to‘lashi mumkin
Foto: Getty Images

«PSJ» Xvicha Kvaratsxeliya va Dezire Due jarohat olgani sababli «Betis»ning chap qanot vingeri Abde Ezzalzuli transferini ko‘rib chiqmoqda. Bu haqda Sport.es xabar bermoqda.

Manbaga ko‘ra, 24 yoshli futbolchining shartnomasida 60 million yevrolik tovon puli belgilangan. Agar Fransiya grandi ushbu summani to‘lasa, «Barselona» ham kelishuvdan 12 million yevro oladi. Chunki kataloniyaliklar futbolchining keyingi transferidan 20 foiz ulushga ega.

Ezzalzuli 2023 yilda «Barselona»dan «Betis»ga o‘tgan. U ushbu mavsumda barcha musobaqalarda 14 ta bahsda qatnashib, 4 ta gol va 1 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.

Marokashlik futbolchining «Betis» bilan amaldagi shartnomasi 2029 yil yozigacha mo‘ljallangan. Transfermarkt portali uning bozor qiymatini 40 million yevroga baholamoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
  • Betis Betis
Bugungi yangiliklar