«PSJ» klubi futbolchilarning sog‘lig‘i bilan bog‘liq vaziyat yuzasidan rasmiy tibbiy ma’lumot e’lon qildi.
Klub xabariga ko‘ra, Xvicha Kvaratsxeliya va Alessandro Longoni davolanish kursini davom ettirmoqda. Dezire Due esa yaqin kunlarda operatsiya qilinadi.
Himoyachi Nunu Mendeshning chap son mushagida cho‘zilish aniqlangan. Ehtiyot chorasi sifatida portugaliyalik futbolchi individual dastur asosida shug‘ullanmoqda.
Eslatib o‘tamiz, «PSJ» 28 noyabr kuni Fransiya chempionati doirasida «Loryan»ni qabul qiladi. Bahs Toshkent vaqti bilan 00:45 da, 29 noyabrga o‘tar kechasi boshlanadi.