«PSJ» rahbariyati portugaliyalik yarimhimoyachi Vitinya bilan shartnomani uzaytirishni rejalashtirmoqda. Bu haqda insayder Nikolo Skira ijtimoiy tarmoqlarda xabar berdi.
Manba ma’lumotiga ko‘ra, parijliklar futbolchiga 2031-yilgacha mo‘ljallangan shartnoma taklif qilmoqda. Yangi bitimni yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati ham ko‘zda tutilgan.
Vitinya 2022-yilning yozidan buyon «PSJ» sharafini himoya qilib kelmoqda. Uning transfer qiymati hozirda 140 million yevroga baholanmoqda.
Ma’lumot uchun, portugaliyalik yarimhimoyachi 2026/27-yilgi mavsumda «PSJ» safida 15 ta bahsda maydonga tushib, 3 ta gol va 2 ta golli uzatmaga mualliflik qilgan.