Valerien Ismael Fransiya chempionatida ish boshladi.
Strasburg shahrida tug‘ilgan mutaxassis «Gavr» klubining bosh murabbiyi etib tayinlandi. 51 yoshli murabbiy bilan shartnoma mavsum oxiriga qadar tuzildi.
«Bavariya»ning sobiq himoyachisi faoliyati davomida avval «Blekbern», «Uotford», «Beshiktosh», «Vest Bromvich», «Volfsburg» va boshqa klublarda bosh murabbiy sifatida ishlagan.
«Gavr» klubi noyabr oyi boshida Didie Digar bilan hamkorlikni to‘xtatgan edi. Jamoa Liga 1da 10 ta o‘yinda atigi 2 ochko to‘plab, so‘nggi pog‘onani egallab turibdi.
«Bavariya» sobiq himoyachisi «Gavr» bosh murabbiyiga aylandi
Futbol
13 noyabr, 00:00
Jamoa Liga 1da so‘nggi o‘rinni egallab turibdi.
Foto: Havre