Bugun
17
O'zbek

«Strasburg» Kloppning sobiq yordamchisini bosh murabbiy etib tayinladi

Futbol
18 noyabr, 23:40
Vitor Matos 2025-yil noyabr oyida «Suonsi»ni boshqarishni o‘z zimmasiga olgan edi.
«Strasburg» Kloppning sobiq yordamchisini bosh murabbiy etib tayinladi
Foto: BBC

Fransiyaning «Strasburg» klubi Vitor Matos jamoaning yangi bosh murabbiyi etib tayinlanganini rasman e’lon qildi.

38 yoshli portugaliyalik mutaxassis bu lavozimda Ugu Filipe Oliveyraning o‘rnini egalladi. Matos 2025-yil noyabr oyida «Suonsi»ni boshqarishni o‘z zimmasiga olgan edi.

O‘shanda Uels klubi Chempionshipning 16 turidan keyin 17 ochko bilan 20-o‘rinda borayotgandi. Uning qo‘l ostida jamoa keyingi 30 uchrashuvda 47 ochko jamg‘arib, mavsumni 11-o‘rinda yakunladi.

Bu mavsumda esa «Suonsi» 15 o‘yindan keyin 26 ochko bilan 6-o‘rinni egallab turibdi. Jamoa, ayniqsa, yuqori intensivlikdagi o‘yini va samarali pressing bilan ajralib turdi.

Matos murabbiylik faoliyatini «Portu» akademiyasida boshlagan. Keyinchalik klubning zaxira jamoasida yordamchi murabbiy sifatida ishlagan.

2019-yil oktabr oyida u «Liverpul»ga o‘tib, besh mavsum davomida Yurgen Klopp murabbiylar shtabida faoliyat yuritgan.

2024-yilda Matos «Zalsburg»da Pep Leyndersning yordamchisiga aylandi. 2025-yil iyun oyida esa «Maritimu» bosh murabbiyligiga tayinlandi va keyinchalik «Suonsi»ga o‘tdi.

«Elzasga xush kelibsiz!» — deyiladi «Strasburg»ning rasmiy bayonotida. Avvalroq ushbu klub Abbosbek Fayzullayevni o‘z safiga qo‘shib olmoqchi ekani ma’lum qilingan edi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Strasbourg Strasbourg
Bugungi yangiliklar