Bugun
17
O'zbek

Kvaratsxeliya GQ jurnaliga ko‘ra «Yil odami» deb topildi

Futbol
18 noyabr, 23:15
GQ tomonidan «Yil odami» mukofoti 1996-yildan buyon topshirib kelinmoqda.
Kvaratsxeliya GQ jurnaliga ko‘ra «Yil odami» deb topildi
Foto: Getty Images

«PSJ» va Gruziya milliy jamoasi ving eri Xvicha Kvaratsxeliya GQ jurnalining Fransiya nashri tomonidan «Yil odami» deb e’tirof etildi. Bu haqda Touchline nashri xabar berdi.

Gruziyalik futbolchi ushbu mukofotni qo‘lga kiritganidan xursand ekanini bildirib, erishilgan muvaffaqiyatlarda jamoadoshlarining hissasi katta ekanini ta’kidladi.

«Bu men uchun katta sharaf. «PSJ» safida ajoyib mavsum o‘tkazdim va biz erishgan natijalardan juda faxrlanaman.

O‘ylashimcha, jamoadoshlarimsiz bunday muvaffaqiyatlarga erishishning imkoni bo‘lmasdi. Ushbu mukofotni qo‘lga kiritishimga yordam berganimiz uchun o‘zimdan ham, ulardan ham faxrlanaman», — dedi Kvaratsxeliya.

GQ jurnali ushbu mukofot orqali yil davomida o‘z sohasida sezilarli yutuqlarga erishgan va jamiyatga ta’sir ko‘rsatgan shaxslarni taqdirlaydi.

Mukofot nafaqat sport, balki kino, musiqa, moda va madaniyat sohalaridagi muvaffaqiyatlarni ham e’tirof etishga qaratilgan.

Ma’lumot uchun, GQ tomonidan «Yil odami» mukofoti 1996-yildan buyon topshirib kelinmoqda. G‘oliblar jurnal tahririyati tomonidan tanlanadi.

Kvaratsxeliyaning bu yilgi e’tirofi uning futbol maydonidagi muvaffaqiyatlari sportdan tashqari sohalarda ham e’tibor qozonayotganini ko‘rsatadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Paris Saint-Germain Paris Saint-Germain
Bugungi yangiliklar