«PSJ» bosh murabbiyi Luis Enrike murabbiylik faoliyatining ilk davrlarini esga oldi.
Murabbiy boʻlishni rejalashtirmagani haqida
«Futbolchi boʻlgan paytimda murabbiylik faoliyati haqida hech qachon oʻylamaganman. Jamoadoshlarim baʼzan murabbiylik kurslarida oʻqish haqida gap ochishardi, ammo menda bunday maqsad yoki intilish yoʻq edi».
2008-yilda «Barselona B» jamoasi bosh murabbiyi etib tayinlangani haqida
«Ishga katta ishtiyoq va hayajon bilan kirishasan, ammo aslida bu sohada hech narsani tushunmaysan. Mavsumoldi tayyorgarlik jarayonida hatto hammasini tashlab ketishimga bir baxya qolgan edi.
Men mutlaqo tasavvurga ega boʻlmagan muhitda murabbiylik qilishga kirishgandim», — deya hikoya qildi Enrike Tocats per Lucho hujjatli filmida.
Enrike: «Ilk mashgʻulotlardayoq murabbiylikni tashlab ketishimga bir baxya qolgan»
Futbol
18 noyabr, 16:02
«PSJ» ustozi dastlab murabbiy boʻlishni xohlamagani haqida gapirdi.
Foto: Getty Images