Live
2
O'zbek

Messining onasi Niko Pasni o‘g‘lining Argentina milliy jamoasidagi vorisi deb aytdi

Futbol
18 noyabr, 15:40
Mariya bu gapni aytganida «Komo» futbolchisi hayajonlanib ketgan.
Messining onasi Niko Pasni o‘g‘lining Argentina milliy jamoasidagi vorisi deb aytdi
Foto: Getty Images

«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messining onasi Seliya Mariya Kuchchittini «Komo» yarimhimoyachisi Niko Pasga u Argentina milliy jamoasida o‘g‘lining o‘rnini egallaydigan futbolchi ekanini aytdi. Bu haqda All About Argentina nashri Radio La Red ma’lumotlariga tayanib xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, Seliya bu gaplarni aytganida Pas juda hayajonlangan.

Eslatib o‘tamiz, 39 yoshli Messi 7-oktabr kuni milliy jamoa safidagi xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazdi. Argentinaliklar Beninni 3:0 hisobida mag‘lub etishdi. Messi ushbu bahsda bitta gol urib, ikkita golli uzatmani amalga oshirdi.

22 yoshli Niko Kanar orollarida tug‘ilgan. U Ispaniya milliy jamoasida o‘ynash huquqiga ham ega edi, biroq Argentinani tanladi. U Argentina yoshlar jamoasining 20 va 23 yoshgacha bo‘lgan tarkiblarida ham harakat qilgan.

Pas milliy jamoadagi debyutini 2024-yil 15-oktabr kuni Jahon chempionati-2026 saralash bosqichi doirasidagi Boliviyaga (6:0) qarshi o‘yinda o‘tkazgan. U o‘sha bellashuvda het-trik qayd etgan Messiga golli uzatma bergandi.

Messi onasi bilan
Foto: Getty Images

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Argentina Argentina
Bugungi yangiliklar