Argentina milliy jamoasi o‘rtoqlik bahsida Kosta-Rika ustidan yirik 7:0 hisobida g‘alaba qozondi.
Bellashuvning 8-daqiqasida Niko Pas Enso Fernandes uzatmasidan keyin hisobni ochdi. 35-daqiqada Xulian Alvares ustunlikni oshirdi. 39-daqiqada Pas dubl qayd etdi, tanaffus arafasida esa Alvares yana bir bor raqib darvozasini ishg‘ol qildi.
Ikkinchi bo‘limda Franko Mastantuono 48-daqiqada hisobni 5:0 ga yetkazdi. 78-daqiqada Aleksis Mak Allister oltinchi golni urdi. 89-daqiqada esa Mastantuono dublini rasmiylashtirib, yakuniy hisobni o‘rnatdi.
O‘rtoqlik o‘yini
Argentina — Kosta-Rika 7:0
Gollar: Pas 8, 39, Alvares 35, 43, Mastantuono 48, 89, Mak Allister 78.
Argentina: Emiliano Martines, Lisandro Martines (Troyilo, 61), Vega (Taliafiko, 61), Xyay (Flako Lopes, 46), Medina (Anselmino, 71), Enso Fernandes (Almada, 55), Maksimo Perrone, Aleksis Mak Allister, Xulian Alvares (Montiel, 46), Niko Pas (Mastantuono, 46), Prestiani (Juliano Simeone, 71).
Kosta-Rika: Sekeyra, Salazar (Jon Ruis, 47), Teylor, Xuan Pablo Vargas, Kalvo, Kenyel Mishel (Alkoser, 46), Soto (Duglas Lopes, 46), Xosimar Mendes (Kenay Mayri, 55), Karlos Mora (Xosef Mora, 68), Selso Borxes (Gabriel Leyva, 68), Manfred Ugalde (Alvarado Morera, 77).
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi