Bugun
94
O'zbek

«Valensiya» yangi stadioni uchun abonementlar savdosini boshladi

Futbol
17 noyabr, 22:20
Muxlislar 2027-yil yozida ochilishi rejalashtirilgan «Nou Mestayya»dagi o‘z joylarini tanlash imkoniyatiga ega bo‘ldi.
«Valensiya» yangi stadioni uchun abonementlar savdosini boshladi
Foto: Getty Images

«Valensiya» yangi davrga tayyorgarlik ko‘rmoqda. Klub «Mestayya» stadionidan «Nou Mestayya» arenasiga ko‘chish jarayonini amaliy bosqichga olib chiqdi. Jamoa mavsumiy abonement egalari uchun yangi stadiondagi joylarni tanlash imkoniyatini ochdi.

18-noyabrdan boshlab amaldagi abonement egalari yangi uy stadionida o‘zlariga ma’qul joylarni band qilishlari mumkin. Ushbu imkoniyatdan birinchilardan bo‘lib Xose Benet foydalandi. U «Valensiya» tarixidagi birinchi raqamli abonement egasi hisoblanadi va klubning uy bahslarini 79 yildan buyon muntazam ravishda stadiondan kuzatib keladi.

Shu tariqa, «Valensiya» nafaqat stadionini almashtirish, balki muxlislarini ham yangi arenaga ko‘chishga tayyorlash jarayonini boshladi.

Ma’lumot uchun, klub «Nou Mestayya» stadionini 2027-yil yoziga qadar foydalanishga topshirishni rejalashtirgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Valensia Valensia
Bugungi yangiliklar