Bugun
94
O'zbek

O‘rtoqlik o‘yinlari. Urugvay Dominikan Respublikasini 5:0 hisobida mag‘lub etdi, Chili va Kolumbiya murosaga keldi

Futbol
17 noyabr, 21:20
Janubiy Amerika jamaolari o'rtasida o'zaro o'rtoqlik bahslari o'tkazildi.
O‘rtoqlik o‘yinlari. Urugvay Dominikan Respublikasini 5:0 hisobida mag‘lub etdi, Chili va Kolumbiya murosaga keldi
Foto: Getty Images
17.11.2026 FT Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari Chili Chili 0 : 0 Kolumbiya Kolumbiya

18-noyabrga o‘tar kechasi Chili va Kolumbiya milliy jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik bahsi bo‘lib o‘tdi. Santyagodagi Milliy stadionda kechgan bellashuvda hisob ochilmadi — 0:0.

Kolumbiya to‘pga egalik qilish bo‘yicha ustunlikka ega bo‘ldi. Mehmonlar o‘yin vaqtining 57 foizida to‘pni nazorat qildi va darvoza tomon 12 ta zarba yo‘lladi. Chili esa 43 foiz to‘pga egalik qilib, 10 ta zarba bilan javob qaytardi.

36-daqiqada kolumbiyalik hujumchi Luis Suares penaltidan unumli foydalana olmadi. Bellashuv davomida ikki jamoa futbolchilari jami yettita sariq kartochka oldi: uchtasi chililiklarga, to‘rttasi kolumbiyaliklarga ko‘rsatildi.

Ma’lumot uchun, so‘nggi 10 ta bahsda Chili to‘rt g‘alaba, bir durang va beshta mag‘lubiyat qayd etgan. Kolumbiya esa ushbu davrda besh marta g‘alaba qozongan, to‘rt bor durang o‘ynagan va bir marta mag‘lub bo‘lgan.

Shuningdek, Montevideodagi «Sentenario» stadionida Urugvay va Dominikan Respublikasi milliy jamoalari o‘rtasida o‘rtoqlik bahsi bo‘lib o‘tdi. Unda mezbonlar 5:0 hisobida g‘alaba qozondi.

41-daqiqada Rodrigo Agirre hisobni ochdi. Ikkinchi bo‘limda Xaver Valdes avtogol muallifiga aylandi. 80-daqiqada Nikolas de la Kruz penaltini aniq amalga oshirdi. 87-daqiqada Federiko Valverde hisobni yiriklashtirdi, 90+4-daqiqada esa Bruno Damiani yakuniy natijani o‘rnatdi.

O‘rtoqlik o‘yini
Urugvay — Dominikan Respublikasi 5:0
Gollar:
Agirre 41, Valdes 70 (avtogol), de la Kruz 80 (pen.), Valverde 87, Damiani 90+4.

O‘rtoqlik o‘yini
Chili — Kolumbiya 0:0

Ogohlantirishlar: Chili — 3, Kolumbiya — 4.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Chili Chili
  • Kolumbiya Kolumbiya
  • Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari Xalqaro o‘rtoqlik uchrashuvlari
Yangi muhokama

Telegram’da birinchi bo‘lib fikr bildiring

Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar