Live
4
O'zbek

Manchesterning ikki klubi «Bavariya» darvozaboni uchun kurashga qo‘shildi

Futbol
17 noyabr, 17:41
Futbolchining «Bavariya» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.
Manchesterning ikki klubi «Bavariya» darvozaboni uchun kurashga qo‘shildi
Фото: Getty Images

«Manchester Yunayted» va «Manchester Siti» jamoalari «Bavariya» darvozaboni Leonard Preskottni o‘z safiga qo‘shib olish uchun kurashga kirishdi.

TEAMtalk nashri xabar berishicha, Angliyaning ikki grandi 17 yoshli germaniyalik futbolchining vakillari bilan aloqaga chiqqan.

Manbaga ko‘ra, klublar yosh darvozabonga bo‘lgan qiziqishini kuchaytirgan. Bunga futbolchining «Bavariya» bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralari kutilganidek kechmayotgani sabab bo‘lmoqda.

Preskott Germaniya grand klubidan ketish variantini ham ko‘rib chiqmoqda. Biroq darvozabon Angliya chempionatiga faqat 18 yoshga to‘lganidan keyin ko‘chib o‘tishi mumkin. U 2027 yil sentyabr oyida balog‘at yoshiga to‘ladi.

Qayd etish joiz, futbolchining «Bavariya» bilan amaldagi mehnat shartnomasi 2027 yilning yoziga qadar mo‘ljallangan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Siti Manchester Siti
  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
Bugungi yangiliklar