«Everton»ning sobiq skauti Brayan King «Lids» darvozaboni Jeyms Trafford Angliya milliy jamoasida Jordan Pikfordning o‘rnini egallashi kerak, deb hisoblamoqda.
«Pikfordning milliy jamoa safidagi o‘yinlari soniga qarasam, hayron qolaman. Uning hisobida 94 ta uchrashuv bor. Buning asosiy sabablaridan biri — unda deyarli jiddiy raqobatchilar bo‘lgani yo‘q.
Hozirgi vaqtda Trafford ushbu vazifa uchun eng munosib nomzod. U kamtar yigit, uning ishga munosabati va xarakterini yoqtiraman. U xotirjam va o‘z ishini shunchaki bajaradi. U xuddi Gordon Banksning o‘zi», — dedi King Football Insider nashriga bergan intervyusida.
24 yoshli darvozabon Angliya milliy jamoasining Madridda Ispaniyaga qarshi o‘tkazgan va 3:2 hisobidagi g‘alabasi bilan yakunlangan uchrashuvida asosiy tarkibda maydonga tushdi.