Live
9
O'zbek

«Real» Ryudigerning kelajagi borasida bir qarorga keldi — manba

Futbol
17 noyabr, 14:47
Antonio 2022-yildan buyon «Real» sharafini himoya qilib kelmoqda.
«Real» Ryudigerning kelajagi borasida bir qarorga keldi — manba
Фото: Getty Images

Madridning «Real» klubi markaziy himoyachi Antonio Ryudigerning kelajagi borasida bir qarorga kelgan.

Jurnalist Xorxe Pikonning ma’lum qilishicha, «qirollik klubi» rahbariyati germaniyalik 33 yoshli futbolchi bilan shartnomani uzaytirmoqchi emas. Shu bois Antonio mavsum yakunida jamoani erkin agent sifatida tark etishi kutilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, Ryudiger 2022-yildan buyon «Real» sharafini himoya qilib kelmoqda. Bu mavsumda u Joze Mourinio boshqaruvidagi jamoa safida 7 ta uchrashuvda ishtirok etib, 2 ta gol urdi.

Shuningdek, Raul Asensioning ham klubdan ketishi ehtimoldan xoli emas. Shu bilan birga, madridliklar kelajak uchun yangi markaziy himoyachi izlash ishlarini boshlab yuborgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar