Live
2
O'zbek

«Real» «MYU»ga hujumchi uchun 360 ming yevro to‘laydi

Futbol
17 noyabr, 07:40
16 yoshli Jey-Jey Gabriel Madrid klubiga o‘tishga yaqin turibdi.
«Real» «MYU»ga hujumchi uchun 360 ming yevro to‘laydi
Foto: Getty Images

«Manchester Yunayted»ning 16 yoshli hujumchisi Jey-Jey Gabriel faoliyatini Ispaniya chempionatida davom ettirishi mumkin. El Chiringuito TV jurnalist Markos Benitoga tayanib xabar berishicha, yosh futbolchi Madridning «Real» klubiga o‘tishga yaqin.

Manbaga ko‘ra, «qirollik klubi» transfer uchun mankunianliklarga 360 ming yevro to‘laydi. Gabriel Madrid grandi bilan uch yillik shartnoma imzolashi kutilmoqda.

Federatsiya qoidalariga ko‘ra, futbolchi yanvar oyiga qadar «Real Kastilya» safida maydonga tusha olmaydi. Shu vaqtgacha u klubning yoshlar jamoasida to‘p suradi.

Ma’lumot uchun, Ispaniya chempionatining 12-turidan so‘ng «Real» 30 ochko bilan turnir jadvalida ikkinchi o‘rinda bormoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Manchester Yunayted Manchester Yunayted
  • Real Madrid Real Madrid
Bugungi yangiliklar