Argentina milliy jamoasi 2026-yilgi Jahon chempionati davomida internetda boshqa barcha ishtirokchilarga qaraganda ko‘proq salbiy fikrlarga duch keldi. The Touchline tadqiqot natijalariga tayanib xabar bermoqda.
Tadqiqot doirasida turli ijtimoiy tarmoqlarda e’lon qilingan 17,1 milliondan ortiq post tahlil qilingan. Unga ko‘ra, Argentina milliy jamoasiga nisbatan bildirilgan tanqidlarning katta qismi hakamlar jamoaga yordam berayotgani haqidagi da’volar hamda argentinalik futbolchilarning millatiga qaratilgan haqoratlardan iborat bo‘lgan.
Ma’lumot uchun, Argentina 2026-yilgi Jahon chempionatida finalgacha yetib bordi. Hal qiluvchi bahsda jamoa Ispaniyaga 0:1 hisobida imkoniyatni boy berdi. Ispanlar finalda katta ustunlikka ega bo‘lgan.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi