Live
11
O'zbek

«Arsenal» Inkapiye bilan shartnomani uzaytirishga yaqin, Kalafiori ham navbatda

Futbol
17 noyabr, 10:28
London klubi ikki himoyachisi bilan yangi kelishuvga erishmoqchi.
«Arsenal» Inkapiye bilan shartnomani uzaytirishga yaqin, Kalafiori ham navbatda
Foto: Getty Images

«Arsenal» himoyachi Pyero Inkapiye bilan shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralar olib bormoqda. Bu haqda BBC xabar berdi.

24 yoshli ekvadorlik futbolchi o‘tgan yozda «Bayer»dan ijara asosida London klubiga o‘tgandi. Mavsum yakunlangach, «Arsenal» futbolchini sotib olish bandini faollashtirdi. Shundan buyon Inkapiye Mikel Arteta jamoasining muhim a’zolaridan biriga aylandi va barcha musobaqalarda 47 ta bahsda maydonga tushdi.

Himoyachining amaldagi shartnomasi yakunlanishiga hali to‘rt yildan ko‘proq vaqt bor. Shunga qaramay, tomonlar kelishuvni moliyaviy shartlarni yaxshilagan holda yana bir yilga uzaytirishga tayyorlanmoqda.

Bundan tashqari, «Arsenal» chap qanot himoyachisi Rikardo Kalafiori bilan ham shartnomani uzaytirish bo‘yicha muzokaralarni boshlamoqchi. 24 yoshli italiyalik futbolchi 2024-yilda «Bolonya»dan kelganidan buyon Artetaning rejalarida muhim o‘rin egallab kelmoqda.

Kalafiorining amaldagi shartnomasi 2029-yil yozigacha mo‘ljallangan. Yangi kelishuv bo‘yicha muzokaralar yaqin vaqt ichida boshlanishi kutilmoqda.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
Bugungi yangiliklar