«Arsenal» Angliya chempionatida tarixiy natija qayd etishi mumkin. Agar Mikel Arteta shogirdlari navbatdagi turda «Nyukasl»ni mag‘lub etsa, London klubi oliy diviziondagi 140 yillik faoliyati davomida mavsumni eng yaxshi boshlash natijasini yangilaydi.
«Arsenal» o‘z tarixida chempionatning dastlabki 11 ta bahsida faqat bir marta 10 ta g‘alabaga erishgan. Bu 1903-yilda, londonliklar hali Ikkinchi divizionda ishtirok etgan paytda sodir bo‘lgan.
Endilikda Arteta jamoasi klub tarixida oliy divizion darajasida hali hech qachon qayd etilmagan natijaga erishish uchun bir qadam narida turibdi.
Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda
Izohlar Telegram’da ochiladi