Live
6
O'zbek

«Arsenal» Rays bilan 5 yillik shartnoma borasida kelishuvga erishdi — Manba

Futbol
17 noyabr, 05:00
    6
Angliyalik yarimhimoyachi yangi kelishuv orqali yaxshilangan moliyaviy shartlarga ega bo‘ladi.
«Arsenal» Rays bilan 5 yillik shartnoma borasida kelishuvga erishdi — Manba
Foto: Getty Images

«Arsenal» yarimhimoyachisi Deklan Rays London klubi bilan yangi shartnoma borasida kelishuvga erishdi. Jurnalist Ben Jyeykobsning X ijtimoiy tarmog‘ida xabar berishicha, tomonlar 5 yilga mo‘ljallangan bitimni kelishib olgan.

Manbaga ko‘ra, Angliya milliy jamoasi futbolchisi yangi shartnoma orqali yaxshilangan shartlarga ega bo‘ladi. Avvalgi kelishuv 2028-yilgacha amal qilishi, shuningdek, uni yana bir mavsumga uzaytirish imkoniyati mavjud edi.

Rays ushbu mavsumda «Arsenal» safida barcha musobaqalarda 15 ta bahsda qatnashdi. U maydonda jami 1232 daqiqa harakat qilib, jamoaning eng ko‘p o‘yin amaliyotiga ega futbolchilaridan biriga aylandi.

London klubi tarkibidagi maydon futbolchilari orasida undan ko‘proq vaqtni faqat himoyachi Gabriel Magalyayns (1395 daqiqa) o‘tkazgan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

6 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar