Live
11
O'zbek

«Arsenal» Nusa uchun kurashni kuchaytirmoqda

Futbol
17 noyabr, 10:31
Nusaning bu mavsumdagi o‘yinlari bir qator klublar e’tiborini qozongan.
«Arsenal» Nusa uchun kurashni kuchaytirmoqda
Фото: Getty Images

«Arsenal» klubi «Leyptsig» vingeri Antoniu Nusani transfer qilish uchun harakatlarni faollashtirgan. Bu haqda TEAMtalk nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, London klubi norvegiyalik 21 yoshli futbolchining vakillari bilan aloqaga chiqqan. Mikel Arteta hujum chizig‘ida raqobatni kuchaytirishni istamoqda.

Qayd etilishicha, Nusaning bu mavsumdagi o‘yinlari bir qator klublar e’tiborini qozongan. Uning transfer qiymati 70–90 million yevro atrofida baholanmoqda. Ayrim xabarlarda bu qiymat 100 million yevroga ham yetishi mumkinligi aytilgan.

Biroq yanvardagi transfer oson kechmasligi mumkin. «Leyptsig» o‘z iqtidorli futbolchisini saqlab qolishga harakat qilishi kutilmoqda.

Avvalroq Antoniu uchun «Inter» va «Milan» jamoalari ham qiziqish bildirayotgani haqida xabarlar tarqalgandi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Arsenal Arsenal
Bugungi yangiliklar