Bugun
94
O'zbek

Messi 2028 yilgi Amerika kubogida Argentina milliy jamoasiga yordam berishi mumkin

Futbol
17 noyabr, 03:50
Agar Leo ushbu taklifga rozi bo‘lsa, uning vazifasi Agueroning Qatardagi mundialda bajargan roliga o‘xshash bo‘ladi.
Messi 2028 yilgi Amerika kubogida Argentina milliy jamoasiga yordam berishi mumkin
Foto: Getty Images

«Inter Mayami» hujumchisi Lionel Messi futbolchilik faoliyatini milliy jamoada yakunlaganiga qaramay, Argentina milliy jamoasi bilan 2028 yilgi Amerika kubogiga borishi mumkin.

Motivaciones Fútbol ma’lumotiga ko‘ra, 39 yoshli afsonaviy futbolchi musobaqa davomida argentinalik yosh o‘yinchilarga murabbiy va maslahatchi sifatida yordam berishi mumkin.

U o‘zining boy tajribasini yoshlarga o‘rgatishi hamda ularda yetakchilik fazilatlarini shakllantirishga ko‘maklashishi kutilmoqda.

Agar Messi ushbu taklifga rozi bo‘lsa, uning vazifasi Serxio Agueroning 2022 yilgi jahon chempionatida bajargan roliga o‘xshash bo‘ladi. O‘shanda Aguero Qatarda Argentina milliy jamoasiga yaqindan yordam bergan edi.

Eslatib o‘tamiz, Messi oktabr oyida milliy jamoa safidagi xayrlashuv uchrashuvini o‘tkazgan.

Ma’lumot o‘rnida, Argentina milliy jamoasi Amerika kubogining amaldagi g‘olibi hisoblanadi. Lionel Skaloni shogirdlari 2021 yilgi finalda Braziliyani, 2024 yilda esa Kolumbiyani bir xil 1:0 hisobida mag‘lub etib, ketma-ket ikki bor qit’a chempioniga aylangan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Argentina Argentina
Bugungi yangiliklar