Bugun
94
O'zbek

Feliksning kelajagi «An Nasr»ning qaroriga bog‘liq

Futbol
17 noyabr, 04:00
Saudiya klubi portugaliyalik futbolchi bilan hamkorlikni davom ettirish yoki to‘xtatish masalasini yozda hal qiladi.
Feliksning kelajagi «An Nasr»ning qaroriga bog‘liq
Foto: Getty Images

Portugaliyalik hujumchi Joau Feliksning kelasi mavsumdagi taqdiri «An Nasr» rahbariyatining qaroriga bog‘liq bo‘ladi. Insayder Ekrem Konurning ijtimoiy tarmoqlarda xabar berishicha, Saudiya Arabistoni klubi futbolchi bilan hamkorlikni davom ettirish yoki yakunlash masalasini kelasi yozda hal qiladi.

2025-yilda imzolangan shartnomaga ko‘ra, «An Nasr» 1-iyunga qadar futbolchining kelajagi borasidagi qarorini ma’lum qilishi kerak. Agar klub hamkorlikni uzaytirmaslikka qaror qilsa, portugaliyalik hujumchi Londonning «Chelsi» klubiga qaytishi mumkin.

Aksincha, Saudiya klubi Feliksni jamoada saqlab qolishga qaror qilsa, shartnoma avtomatik ravishda yana ikki mavsumga uzaytiriladi. Bunday holatda «Chelsi»ga qo‘shimcha ravishda 20 mln yevro to‘lanadi.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Al Nassr Al Nassr
Bugungi yangiliklar