«Barselona»ning braziliyalik hujumchisi Gabriel Jezus yozgi transfer oynasida Italiyaning «Napoli» klubiga o'tishga juda yaqin kelgan. Bu haqda Diario SPORT nashri xabar berdi.
Ma'lum qilinishicha, 29 yoshli futbolchi «Arsenal»dan «Napoli»ga transferi amalga oshishini 6 hafta davomida kutgan. Biroq Italiya klubi londonliklar bilan kelishuvga erisha olmagan va muzokaralar samarasiz yakunlangan.
Vaziyatdan «Barselona» foydalanib qolgan. Kataloniyaliklar transfer jarayoniga aralashib, yozgi transfer oynasining so'nggi kunida Jezusni atigi 10 million yevroga sotib olishga muvaffaq bo'lgan.
Ma'lumot o'rnida, braziliyalik hujumchi ushbu mavsumda «Barselona» safida barcha musobaqalar doirasida 10 ta uchrashuvda maydonga tushdi. Ushbu bahslarda u 4 ta gol urib, 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Jezusning Kataloniya klubi bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning yozigacha mo'ljallangan.