Bugun
15
O'zbek

Rasman: Jezus — «Barselona» futbolchisi

Futbol
1 sentabr, 09:23
Futbolchi kataloniyaliklar safida 6 sentyabr kuni debyut qilishi mumkin.
Rasman: Jezus — «Barselona» futbolchisi
Foto: FC Barcelona

Braziliyalik forvard Gabriel Jezus Londonning «Arsenal» klubidan «Barselona» safiga ko‘chib o‘tdi. Bu haqda kataloniyaliklar matbuot xizmati rasman xabar berdi.

29 yoshli hujumchi «ko‘k-anorranglilar» bilan 2029 yil iyuniga qadar mo‘ljallangan bitimga imzo chekkan. Avvalroq-Jezusning transferi 10 mln yevro va mukofot pullari evaziga amalga oshishi haqida xabarlar tarqalgandi.

Ma’lumot uchun, Jezus «Arsenal» safida 2022 yildan buyon to‘p tepib kelayotgandi. Londonliklar safida forvard 123 ta o‘yinda maydonga tushib, 32 ta gol urdi va 22 ta golli uzatma yetkazib berdi.

Jezus «Barselona» safida 6 sentyabr kuni La-Liga 4-turi doirasidagi «Valensiya»ga-qarshi safar bellashuvida debyut qilishi mumkin.

Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

10+ izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar