Kataloniyaning «Barselona» klubi himoya chizig‘ini kuchaytirish maqsadida «Manchester Siti» futbolchisi Yosko Gvardiolni o‘z safiga qo‘shib olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda El Nacional nashri xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, «ko‘k-anorranglilar» xorvatiyalik futbolchini markaziy himoya uchun asosiy transfer maqsadi sifatida belgilagan. Agar «Manchester Siti» moliyaviy qoidabuzarliklar sababli jiddiy sanksiyalarga duch kelsa, Gvardiolning transferi amalga oshishi mumkin.
Biroq 24 yoshli himoyachining yanvar oyida «Barselona»ga o‘tishi istisno qilinmoqda. Shu bois kataloniyaliklar uni keyingi transfer davrlarida qo‘lga kiritish imkoniyatini ko‘rib chiqishi mumkin.
Qayd etilishicha, Gvardiolga «PSJ», «Liverpul», «Bavariya», «Chelsi» va «An Nasr» klublari ham qiziqish bildirmoqda.
Xorvatiyalik futbolchi ushbu mavsum barcha musobaqalarda 14 ta o‘yin o‘tkazib, bitta gol urdi va 3 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Avvalroq «Manchester Siti» Gvardiol bilan shartnomani uzaytirgani ma’lum qilingandi.