Bugun
27
O'zbek

De Bryuyne faoliyatini Niderlandiyada davom ettirishi mumkin

Futbol
16 noyabr, 01:20
    6
Kevinning o‘zi ham «Napoli»ni tark etish niyatida.
De Bryuyne faoliyatini Niderlandiyada davom ettirishi mumkin
Foto: Getty Images

«Napoli»ning belgiyalik yarimhimoyachisi Kevin de Bryuyne faoliyatini Niderlandiya chempionatida davom ettirishi mumkin. Bu haqda Sky Sports xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Kevinning xizmatlariga PSV jiddiy qiziqish bildirmoqda. Eyndhoven klubi 35 yoshli futbolchining transferi yuzasidan «Napoli» bilan rasmiy muzokaralarni boshlagan.

So‘nggi kunlarda ikki klub vakillari muntazam aloqada bo‘lib, transfer summasi borasida kelishuvga erishishga harakat qilmoqda.

Qayd etilishicha, De Bryunening o‘zi ham Italiya klubini tark etish niyatida. Biroq «Napoli» prezidenti Aurelio De Laurentis tajribali yarimhimoyachini arzon narxga qo‘yib yuborishni istamayotgani aytilmoqda.

Ma’lumot o‘rnida, belgiyalik futbolchi ushbu mavsum barcha musobaqalar doirasida 15 ta uchrashuvda ishtirok etib, 4 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.

De Bryunening «Napoli» bilan amaldagi shartnomasi kelasi yil yozida o‘z yakuniga yetadi. Hozircha klublar o‘rtasida transfer bo‘yicha yakuniy kelishuvga erishilmagan.

Tegishli jamoalar va ligalar

  • Napoli Napoli
  • PSV PSV
Yangi munozara

Muxlislar bu yangilikni Telegram’da muhokama qilmoqda

6 izoh
Muhokamaga o‘tish

Izohlar Telegram’da ochiladi

Bugungi yangiliklar