«Napoli» yarimhimoyachisi Kevin De Bryuyne kelayotgan qishki transfer oynasida jamoani tark etishi mumkin. Jurnalist Nikolo Skira xabariga ko‘ra, neapolliklar belgiyalik futbolchini sotish bo‘yicha muzokaralarga ochiq.
Manbada aytilishicha, 35 yoshli futbolchiga Niderlandiyaning PSV klubi jiddiy qiziqish bildirmoqda. Eyndxoven vakillari italiyalik klubga rasmiy taklif tayyorlamoqda.
Shuningdek, PSV vakillari De Bryuynening agentlari bilan dastlabki muzokaralarni o‘tkazgan. Ularning natijasi ijobiy baholanmoqda.
Ma’lumot uchun, De Bryuyne 2025 yilda «Manchester Siti»dan «Napoli»ga o‘tgan.
Eslatib o‘tamiz, belgiyalik yarimhimoyachi faoliyati davomida «Manchester Siti» bilan bir necha bor Angliya chempionligini qo‘lga kiritgan.